Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatiga qo‘shimcha xodimlar ishga qabul qilindi

Qodirov SHerzod Abdug‘aniyevich Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi;

Bo‘ronov Bobomurod Abdulhakimovich Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati veb-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifasiga ishga qabul qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezidentimizning “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash hamda hokimliklar va fuqarolar o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilikka islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini va axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini tubdan yaxshilash maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan viloyat, shahar tuman hokimliklari axborot xizmatiga qo‘shimcha xodimlar jalb qilindi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.