Termiz shahrida ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov erta tongdan Al-Hakim At-Termiziy majmuasiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga majmua hududida keng qamrovli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, o‘rindiqlar bo‘yash, yangilash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, Termiz shahrida ijtimoiy soha obyektlari, 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi viloyat filiali faoliyati hamda yaratilgan sharoitlari bilan tanishildi.

Viloyat rahbari bog‘cha va maktabda ta’lim tarbiya jarayonlari, ovqatlarning sifatli tayyorlanishi, shuningdek, kardiologiya markazi filialida bemorlarning davolanishi hamda murakkab tibbiy jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashdi. Mutasaddilarga muassasalar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, bolalar, o‘quvchilar va bemorlarni ratsion asosida sifatli ovqat bilan ta’minlashni qat’iy nazoratga olish vazifasi topshirildi.

Ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishuvdan so‘ng, viloyat rahbari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi mutasaddilari, videokonfrensaloqa shaklida shahar va tumanlar mas’ullari ishtirokida aholiga patronaj tibbiy xizmatini ko‘rsatish hamda ta’lim-tarbiya maskanlarida sifatli ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Ularga kelgusidagi zarur vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri Bog‘ishamol mahallasida qurilish firmasi tomonidan ko‘p qavatli turar joylari muddatida bitkazilmaganligi yuzasidan aholining qilgan murojaatini joyiga borgan holda o‘rgandi. Soha mutasaddilariga loyiha qurilishini qisqa muddatda sifatli yakunlash, aholiga turar joylarni topshirish yuzasidan vazifalar topshirildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.