Test sinovlari o‘tkaziladigan binolardagi sharoitlar o‘rganildi. Denovda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Denov tumanida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladigan ob’ektlarda yaratilgan sharoitlar va ularning jarayonlarga shaylik holati bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahrida “Surxon” sport majmuasi test sinovlari o‘tkazish uchun tayyorlangan povilonlar hamda Ro‘zi Choriev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida abiturientlarning ota-onalari va yaqinlari uchun kutish joylari ko‘zdan kechirildi. Test sinovlarini ommaviy topshirish uchun qulay, alohida o‘rindiqli povilonlar hamda ota-onalarning kutish joylarida jarayonlarni bevosita kuzatib borish uchun monitorlar o‘rnatilgan. Shuningdek, kutish joylarida madaniy hordiq olish joylari tashkillashtirilgan.

Viloyat rahbari hududlarga tashrifini Denov tumanida davom ettirib, test sinovlari uchun tayyorlangan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, jamoat salomatligi texnikumi va tuman Sport maktabi sport zallaridagi mavjud sharoitlar bilan ham tanishdi. Mas’ullarga sinovlar o‘tkaziladigan va kutish joylarida qo‘shimcha qulayliklarni yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Tadbirda 260 ga yaqin yoshlar ishtirok etishib, o‘zlarining murojaat va takliflarini bildirishdi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq va samimiy muloqot davomida bildirilgan takliflar va ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini a’lo baholarga tamomlagan bir guruh bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi.

Denov tumaniga tashrif yakunida Qizilsuv daryosi bo‘yida yoshlar saylgohini tashkil etish ishlarining borishi bilan ham tanishildi. Mas’ullar belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berdi. Ishlarni sifatli va tizimli tashkil etish, jadallashtirish bo‘yicha yangi vazifalar topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.