Sho‘rchida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda mahallani rivojlantirish taqdimotlari bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun kunning ikkinchi yarmida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurdi. Dastlab, tumanning Guliston mahallasida “Uychi tumani tajribasi” asosida ishsizlikdan holi hududga aylantirish, migratsiya va kambag‘allikni keskin qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Mahallaga biriktirilgan mutasaddilar aholi, xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, tomorqadan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelgusidagi rejalar taqdimot qilindi. Shuningdek, shu yerning o‘zida turizm va yoshlar ko‘chalarini tashkil etish bo‘yicha tayyorlangan taqdimotlar ham ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari mahallada birinchi navbatda aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagilar va ularning oilalari bilan ishlash, xorijdan qaytganlarni ishga joylashtirish lozimligini ta’kidladi hamda turizm va yoshlar ko‘chalari loyihalari yuzasidan ham tegishli tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, 14-sonli maktabning yangi o‘quv yili va kuz-qiz mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar axborot berishdi. Viloyat rahbari maktabda xorijiy tillar tanlovining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi. G‘oliblarga pul mukofotlari sertifikatlari, kompyuter jamlanmalari hamda boshqa jihozlar topshirildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi. “Hokim va yoshlar uchrashuvi”da yoshlar o‘zlarining murojaat va takliflarini bildirishdi. Ochiq va samimiy muloqot davomida bildirilgan takliflar va ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq muddatlar bilan vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://aktasidangma.gkjw.or.id/aset/js/sgacor/https://perpustakaan.poltekkesjkt2.ac.id/wp-content/plugins/https://tendik.unand.ac.id/images/https://aktasidangma.gkjw.or.id/vendor/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/sgacor/