Prezident topshirig‘i amalda: Bitiruvchi talabalar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 28 iyun kuni o‘tkazilgan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida viloyat, tuman hokimlariga yoz mavsumida maktab, texnikum, oliygoh, istirohat bog‘larida mehnat yarmarkalarini o‘tkazish orqali vakant o‘rinlarga kamida 150 ming yoshlarni ishga joylashtirish vazifasi topshirilgan edi.

Bugun ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasida Surxondaryo viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, shahar va tumanlar hokimliklari, mutasaddilar boshqarma va tashkilotlar hamkorligida yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yoshlardan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni so‘radi hamda vakant ish o‘rinlari bilan qatnashayotgan boshqarmalar hamda mahalliy hokimliklarga taklif etilayotgan ish o‘rinlariga band qilinayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berish vazifalarini topshirdi.

Mehnat yarmarkasida 243 ta korxona, tashkilot va tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarining 8,8 mingdan ortiq vakant ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, horijiy ish beruvchilardan Turkiyaning “Chukurovo” bandlik agentligi 500 nafar yoshlarni enagalik (bolalar va qariyalarni parvarishlash) ishlariga joylashtirish taklifi bilan qatnashdi.

Yarmarka yakunida 213 nafar yoshlar korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga, 289 nafari mavsumiy ishlarga joylashtirildi, 158 nafari kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb qilindi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali tomonidan migratsiyadan qaytganlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi vazifa va rejalarini hamda Termiz davlat universitetida yangidan ochilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar haqida taqdimot qilindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://aktasidangma.gkjw.or.id/aset/js/sgacor/https://perpustakaan.poltekkesjkt2.ac.id/wp-content/plugins/https://tendik.unand.ac.id/images/https://aktasidangma.gkjw.or.id/vendor/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/sgacor/