G‘o‘za parvarishi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Hozirgi issiq kunlarda paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi hosildorlikni saqlab qolish bilan birga hosilga hosil qo‘shilishiga xizmat qiladi. Shu sababli bu sohadagi ishlar kechiktirib bo‘lmas tadbirlar sirasiga kiradi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida g‘o‘za parvarishi, xususan, ozuqalash va sug‘orish hamda hozirgi issiq ob-havoda hosilni saqlab qolish maqsadida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar yuzasidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etdi.

Seminarda soha mutasaddilari g‘ozani to‘g‘ri parvarish qilish, jumladan, chilpish, o‘g‘itlash, sug‘orish, sharbat suvlari berish, suspenziyalash kabi tadbirlarni muddatida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari rahbarlariga ko‘rgazmali tarzda tushuntirib berishdi.

Shuningdek, viloyat Ishchi guruhining tumanda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari ham muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, qisqa muddatda chilpish ishlarini to‘liq yakunlash, zararkunandalarga qarshi kurashishni tizimli yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilab berildi. Seminar yakunida ilg‘or mexanizatorlarga sovg‘alar topshirildi.

Shundan so‘ng viloyat rahbari Qiziriq tumanida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoshlarga ajratib berish tadbirida ishtirok etdi. Yoshlarga dehqonchilik qilib daromad topishi, o‘zini o‘zi band qilishi uchun g‘alladan bo‘shagan 13 gektar maydon ekin ekishga tayyor holda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekin urug‘lari bilan ajratildi.

Viloyat rahbari yoshlardan yaratib berilayotgan imkoniyatdan to‘g‘ri foydalangan holda daromadli ekinlar ekish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratishni so‘radi. Mas’ullarga bu borada yoshlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

Shundan so‘ng hududlarga tashrif Sherobod tumanida davom etib, “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi ko‘zdan kechirildi. Hududda obodonlashtirish ishlarining borishi, ariq va zovurlarning tozalanishi ko‘zdan kechirildi hamda qurilish, obodonlashtirish, atrofni tartibga keltirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://aktasidangma.gkjw.or.id/aset/js/sgacor/https://perpustakaan.poltekkesjkt2.ac.id/wp-content/plugins/https://tendik.unand.ac.id/images/https://aktasidangma.gkjw.or.id/vendor/sgacor/https://tendik.unand.ac.id/images/sgacor/