Uchta tumanda yoshlarga yer ajratildi va ehtiyojmand oilalarga bug‘doy hamda mexanizatorlarga sovg‘a topshirildi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida bo‘lib, g‘alla o‘rimi ishlarining borishi bilan tanishdi hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining axborotlarini tingladi.

Hududlarga tashriflar davomida ishsiz, otaliqqa olingan, “Yoshlar daftari”da turgan yoshlar uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yer ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlarida ishtirok etildi. Yoshlar uchun yer maydonlari shudgorlanib, ekin ekishga tayyor holda, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekiladigan urug‘lari bilan ajratib berildi.

G‘alla o‘rimida faol ishtirok etayotgan kombayn operatorlari va mexanizatorlarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshrildi.

Shuningdek, joylarda g‘o‘za parvarishi tadbirlarining borishi ham ko‘zdan kechirilib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilarining hisobotlari eshitildi. Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, o‘g‘itlash va sug‘orish tadbirlarini muddatida bajarish vazifasi topshirildi.

Hududlarga tashrif so‘ngida viloyat rahbari Sho‘rchi tumanida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Olatemir mahallasida bo‘lib, infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Viloyat rahbariga mutasaddilar va “yettilik” tomonidan axborot berildi.

Mahallada ishlarni jonlantirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha “Sayxunobod tajribasi” asosida ishlarni yo‘lga qo‘yish, bir oy muddatda mahallani “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish lozimligi belgilandi.

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/