Termiz shahrida tibbiyot klasteri, Termiz va Angor tumanlarida og‘ir toifadagi mahallalar hamda Jarqo‘rg‘onda turar-joylar qurilishi bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugungi hududlarga tashrifi avvalida Termiz shahrida bunyod etilayotgan 300 o‘rinli tibbiyot klasteri qurilishi bilan tanishdi. Kompleks atrofini obodonlashtirish, yashil zonalar barpo etish, ichki jihozlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Soha mutasaddilari kompleksga eng malakali, sohadagi ilg‘or tajribaga ega shifokorlarni tanlov asosida ishga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishdi. Viloyat rahbari barcha zamonaviy sharoitlarga ega klasterni tashkil etish bilan ish bitmasligini, uning mazmuniga – sifatli va eng so‘ngi zamon talablari darajasida tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan kadrlar bilan ta’minlash zarurligini qayd etdi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbarining hududlarga tashrifi Termiz tumanida davom etdi. Og‘ir hudud sifatida tanlab olingan, “qizil” toifadagi “Sharof Rashidov” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Tuman rahbarlari, kommunal sohadagi viloyat boshqarmalari mutasaddilari mahallada amalga oshiriladigan ishlarni taqdimot qilishdi.

Viloyat rahbari mahalla hududini ko‘zdan kechirib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi. Aholi bilan muloqot qilib, ularning muammolarini tingladi. Mas’ullarga aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Keyingi manzilda Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida turar-joylar, xizmat ko‘rsatish nuqtalari, ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, mahalla idorasi binosining qurilishi bilan tanishildi.

Bugungi hududlarga tashrifning oxirgi manzili Angor tumanining og‘ir hududi sifatida tanlab olingan “Yuqori Xo‘jaqiya” mahallasi bo‘ldi. Bu yerda ham mas’ullar amalga oshiriladigan ishlar dasturini taqdimot qilishdi. Biriktirilgan mas’ullarga ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlanib, bir oy muddatda mahallani “qizil”dan “yashil” toifaga o‘tkazish vazifasi topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/