Sherobodda qo‘riqxona faoliyati, oromgohlar sharoitlari hamda ekoturizm loyihalari taqdimoti bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda mutasaddilar Sherobod tumanida bo‘lib, “Surxon” qo‘riqxonasi faoliyati bilan tanishishdi. Qo‘riqxona hududida hayvonot va o‘simlik dunyosini asrab-avaylash, ko‘paytirish, tabiiy flora va faunani saqlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, hududdagi “Beshbuloq” va “Neftchi” bolalar oromgohlarida yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holati o‘rganildi. Sport va madaniy xordiq maydonlari, cho‘milish havzalari, oshxona va yotoqxonadagi sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari tuman mutasaddilari va mas’ullarga yoz davomida bolalarni oromgohga qabul qilish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish, har bir navbatda bolalarning maroqli dam olishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalarini topshirdi.

Shuningdek, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan Sholqon turizm kompleksi hamda ekoturizm loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Tadbirkorlar bilan suhbat qilinib, tegishli tavsiyalar berildi hamda mutasaddilarga istiqbolli loyihalarni tanlab olish hamda berilgan tavsiyalar asosida takomillashtirib, qayta taqdimot kiritish vazifasi yuklandi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/