Uzun tumanida aholi bandligi va korxonalar faoliyati bilan tanishildi hamda bog‘ qurilishiga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Uzun tumanida davom ettirdi. Tashrif davomida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishildi.

Dastlab, viloyat rahbari Malandiyon mahallasida "Kapital golden" MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar-joylar loyihasi qurilishi bilan tanishdi. Umumiy qiymati 38 mlrd so‘mni tashkil etuvchi loyiha doirasida 2 ta 9 qavatli 128 xonadonli turar-joylar majmuasi barpo etilmoqda. Mas’ullarga loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish, hududda barcha infratuzilmalarning yaratilishi va turar joylar shaharsozlik normalari asosida qurilishini nazoratga olish topshirildi.

Shundan so‘ng, umumiy maydoni 4,5 gektar bo‘lgan, loyiha qiymati 4,4 mlrd so‘mni tashkil etuvchi bog‘ qurilishiga start berildi. Bog‘ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tashabbusi bilan shu vaqtga qadar qarovsiz qoldirilgan sobiq “Bobomurod Omonov” nomidagi istirohat bog‘i o‘rnida tashkil etilmoqda.

Keyingi manzilda viloyat rahbari Yangi kuch mahallasida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Xonadonlarda duradgorlik, o‘ymakor hunarmandchilik, temirchilik, asalarichilik, parrandachilik va chorvachilik loyihalari ko‘zdan kechirildi. Mavjud imkoniyatlarni ishga solgan holda kichik tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko‘mak ko‘rsatish, kredit paketlarini shu asosda ajratish lozimligi qayd etildi.

Viloyat rahbari tumanning Erkinlik mahallasida ham bo‘lib, “Surxon armatura-temir invest” MChJning armatura ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Umumiy qiymati 3 mlrd so‘m bo‘lgan korxona tomonidan yiliga 1,8 ming tonna mahsulot ishlab chiqariladi va natijada 800 ming dollarlik import o‘rni qoplanadi. Ayni vaqtda korxonada 15 nafar ishchilar mehnat qilishmoqda. Tanishuv davomida korxona faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ish o‘rinlari sonini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Tumanga tashrif yakunida “Obod yurt chevarlari” oilaviy korxonasining tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishildi. Xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qiluvchi bunday loyihalarni ko‘paytirish lozimligi ta’kidlanib, mutasaddilarga tajribani ommalashtirish vazifasi yuklandi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga o‘zini o‘zi band qilishi uchun subsidiya asosida 15 ta tikuvchilik dastgohi, 2 ta motokultivator va 5 ta pishiriq pechlari topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/