Viloyat hokimining yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida “Kakaydi” ko‘rg‘onidagi harbiy qismda tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, harbiy qismning faollar zalida viloyatdagi barcha mahallalarning Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, “yettilik”ning qolgan a’zolari bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash borasida Yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Tizimda erishilgan natijalar bilan birga kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, ayrim hududlarda yoshlar bilan ishlash yetarli darajada tashkil etilmayotganligi qayd etildi.

Bu borada mutasaddilarga qator vazifalar belgilab berildi hamda shahar va tumanlar hokimlarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlari va Yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi hamda bo‘lim boshliqlariga Yoshlar yetakchilarining ishini samarali tashkil etish topshirildi. Uchrashuv yakunida faoliyatida yaxshi natijalarga erishayotgan, yoshlar bilan samarali ishlayotgan yetakchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Qoraqursoq mahallasida avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi. Hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash tadbirlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar jinoyatchiligi va huquqbuzarliklari profilaktikasi bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Tashrif yakunida tumanda bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/