Surxondaryodagi umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash uchun 6,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 36-sonli maktabda vohadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilgan seminarda ta’lim sohasi mas’ullari, boshqarma boshliqlari, shahar va tumanlar studiyalaridan sektor rahbarlari, mutasaddilar hamda maktab direktorlari ishtirok etdi.

Seminarda maktablarni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi masalalar muhokama qilindi. Viloyat rahbari o‘qituvchilarni har qanday vaziyatda ham o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilishga qo‘ymaslik lozimligini, maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash mahalliy hokimliklar va mutasaddi tashkilotlar vazifasi ekanligini yana bir bor ta’kidladi.

Viloyatdagi joriy ta’mirga muhtoj, yangi o‘quv yiliga tayyorlash uchun mablag‘ talab qilinaligan 862 ta maktab uchun jami 6 mlrd 517 mln so‘m mablag‘ mahalliy budjetdan ajratilib, 5 turdagi qurilish materiallari xarid qilindi. Seminar yakunida barcha hududlarda ta’mirlanishi rejalashtirilgan maktablar direktorlariga mazkur qurilish materiallari topshirildi va mutasaddilarga ta’mirlash ishlarini qisqa fursatlarda yakunlash vazifasi yuklandi.

Shuningdek, viloyat rahbari bitiruvchilari eng ko‘p oliy ta’lim muassasalariga kirgan uchta maktab hamda uchta maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari yangi o‘quv yilining boshlanish kunida viloyat hokimligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili viloyatdagi maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash uchun 11 mlrd 195 mln so‘m mablag‘ ajratilib, 7 turdagi qurilish materiallari xarid qilingan edi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/