G‘alla o‘rimi bilan tanishuv, yoshlarga yer ajratish, ehtiyojmand oilalarga bug‘doy hamda mexanizatorlar sovg‘a topshirish tadbirlari

Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘imi ayni qizg‘in pallada davom etmoqda. Bugun ham viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Qiziriq va Sherobod tumanlarida bo‘lib, g‘alla o‘rimi ishlarining borishi bilan tanishdi hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining axborotlarini tingladi.

Shuningdek, hududlarga tashriflar davomida ishsiz, otaliqqa olingan yoshlar uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yer ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlarida ishtirok etildi. Yoshlar uchun yer maydonlari shudgorlanib, ekin ekishga tayyor holda, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekiladigan urug‘lari bilan ajratib berildi.

Hududlarda o‘rim-yig‘im tadbirlarida faol ishtirok etayotgan otryad rahbarlari va kombayn operatorlariga viloyat hokimligining sovg‘alari topshrildi.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar Angorda 5 ming, Muzrabotda 11,9 ming, Qiziriqda 5,9 ming va Sherobodda 6,1 ming tonna g‘alla yig‘ib olingan hamda viloyat bo‘yicha o‘rilgan maydonlardagi o‘rtacha hosildorlik 71,5 sentnerni tashkil etmoqda.

Tashrif yakunida Sherobod tumanida “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishdi hamda mas’ullarga loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish uchun ko‘mak ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/