Jarqoʼrgʼon tumanida “Isroil Iskandar nur” fermer xoʼjaligida 20 nafar kam taʼminlangan, “daftarlar”da kiritilgan va ishsiz fuqarolarga gʼalladan boʼshagan maydonlar, shudgorlangan, ekin ekishga tayyor holda, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekin urugʼlari bilan birga 20 sotixdan ajratib berildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etib, fuqarolar bilan uchrashuv oʼtkazdi. Ularga ajratilayotgan yer maydonlarida samarali mehnat qilib, oilaviy daromadlarini oshirish boʼyicha tavsiyalarini berdi. Shuningdek, shu yerning oʼzida fermer xoʼjaligining ilgʼor suvchilari, kultivatorchilar va dala ishchilariga sovgʼalar – mobil telefonlar topshirildi. Fermer xoʼjaligi tomonidan kam taʼminlangan oilalarga 200 kilogramdan bugʼdoy berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.