Xushxabar: Surxondaryo viloyatining 2 ta tumani pillakorlari shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi

Kecha, 15 may kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari pillakorlari respublikada birinchilardan bo‘lib shartnoma majburiyatlarini ortig‘i bilan bajardilar. Qabul punktlariga ushbu tumanlardan jami 428 tonnadan ortiq “kumush tola” yetkazib berildi.

Pillakorlar serhosil, iqlim sharoitiga mos, kasalliklarga chidamli mahalliy navlardan 7 ming 361 quti ipak qurti parvarishlab, har qutidan o‘rtacha 57-58 kilogrammdan hosil oldi. Shuningdek, joriy yilda vohaning ilg‘or pillakorlari bir quti ipak qurtidan 90 kilogramgacha hosil olishga erishishdi.

Viloyatda qabul punktlariga pilla hosilini topshirish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatining pilla rejasi 1 ming 960 tonna bo‘lib, 15 may holatiga ko‘ra qabul punktlariga 1 ming 259 tonnadan ortiq pilla qabul qilib olindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.