Prezident topshirig‘i ijrosi: Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida 20 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritiladi

Davlat rahbarining kuni-kecha viloyatimizga qilgan tashrifi davomida aholi turmush farovonligini oshirish, ish o‘rinlari yaratish, yangi yer maydonlarini foydalanishga kiritish orqali mahsulotlar yetishtirish hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha qator topshiriqlar belgilab berildi.

Bugundan ushbu topshiriqlar ijrosiga kirishildi. Viloyat hokimi Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, "Pomir Surxon Agro klaster" MChJning yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish, foydalanishga kiritish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihasini mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqdi. Loyihaga ko‘ra Qumqo‘rg‘on tumani “Sayxon” massivida 12,5 ming, Jarqo‘rg‘on tumani “Oqtepa” massivida 7,5 ming gektar asosan adirliklardan iborat yer maydonlari foydalanishga kiritiladi. Ushbu yer maydonlarini oqova suvi bilan ta’minlash uchun eng yaqin hudud bo‘lgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv omboridan quvurlar yotqizgan holda suv olib kelinadi.

Viloyat rahbari loyihani mutaxassislar va mirishkor dehqonlar bilan muhokama qilib, uni har tomonlama maromiga yetkazish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. 20 ming gektar yangi ekin maydonlarining foydalanishga kiritilishi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmining sezilarli oshishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, viloyat rahbari “Oqtepa” suv ombori atrofidagi tabiiy imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ekoturizm maskanlari, umumiy ovqatlanish va dam olish nuqtalarini tashkil etish loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalarni topshirdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.