Jarqoʼrgʼon tumaniga tashrif: Bitta boʼsh binoda 3 ta loyiha amalga oshiriladi

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov belgilangan haftalik ish rejasiga asosan hududlarda iqtisodiyotni rivojlantirish, kambagʼallikni qisqartirish, yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga ish oʼrinlari yaratish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jarqoʼrgʼon tumanida boʼldi.

Dastlabki manzilda tumanning “Yangiobod” mahallasi hududidagi boʼsh turgan binoda (Sobiq Surxon tola baza) amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishildi. Mazkur binoda uchta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, umumiy qiymati 2,0 mln dollarga teng boʼlgan loyiha doirasida un va boshqa mahsulotlar uchun maxsus qop ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilishi belgilangan boʼlib, natijada 60 ta yangi ish oʼrni yaratilishi koʼzda tutilgan. Ikkinchi loyiha boʼyicha yer yongʼoq mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan zavod faoliyati yoʼlga qoʼyish maqsad qilingan boʼlib, uning umumiy qiymati 5,0 mln dollarni tashkil etadi va 15 ta doimiy ish oʼrni yaratiladi.

Shuningdek, ushbu binoning bir qismida xususiy klinika faoliyatini yoʼlga qoʼyish ham rejalashtirilgan boʼlib, buning natijasida aholiga sifatli tibbiyot xizmat koʼrsatilishi va 30 ta ish oʼrni yaratilishiga erishiladi. Umumiy qiymati 4,5 mlrd soʼmni tashkil etadigan ushbu klinika ishga tushgach, aholi uchun qator qulayliklar yaratilishi belgilangan.

Viloyat rahbari har bir loyiha bilan batafsil tanishib, oʼzini taklif va tavsiyalarini berdi. Аholi farovonligi va turmush darajasini oshirishda yangi loyihalarning ishga tushirilishi hamda doimiy ish oʼrinlari yaratilishi muhim ekanligi taʼkidlanib, masʼullarga har bir loyihaning sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʼyicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.