«Ipak yo‘lida turizm» xalqaro sayyohlik yarmarkasi: Surxondaryo viloyati delegatsiyasi bir qator kelishuvlarga erishdi

Joriy yil 30 noyabr-2 dekabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida «Ipak yo‘lida turizm-2022» 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘raev boshchiligida delegatsiya ham faol ishtirok etdi. Dunyoning 30 ta davlatidan 300 nafardan ziyod soha mutaxassislari va rasmiylar ishtirok etgan mazkur halqaro yarmarkada Surxondaryo viloyati Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Gruziya, Qirg‘iziston, Eron Islom Respublikasi, Belorusiya va Armaniston davlatlari bilan turizm oqimlarini oshirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Viloyatda turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan mehmonxona, turfirma va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 200 ga yaqin 11,2 million dollarga teng shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, «Ipak yo‘lida turizm-2022» xalqaro sayyohlik yarmarkasi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda “Shalola” va “Sarmangan” folklor jamoalari, xalq baxshilari, sahnalashtirilgan Alpomish va Barchinoy chiqishlari hamda vohaning turizm salohiyatini o‘zida aks ettirgan eksponatlar namoyishi barchaga manzur bo‘ldi. Viloyatimizning turizm jozibadorligi xorijlik mehmonlar hamda mahalliy ishbilarmon doira vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.