Denovda harbiy chavandozlar bellashuvi o‘tkazildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida “Ot ustida estafeta” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik P.Sativaldiyev, Denov tuman hokimi A.Allamurodov, Termiz harbiy prokuraturasi, davlat va jamoat tashkilotlari, faxriylar va yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Musobaqalar o‘tkazilgan hudud Surxon etno madaniyatini aks ettiruvchi anjomlar bilan bezatilib, harbiy xizmatchilarning oilalari tomonidan o‘tovlar tikildi. Ularda qo‘l mehnati namunalari, kashta, quroq va ip yigirish anjomlari ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir ochilishida aktyorlar tomonidan buyuk ajdodlarimiz Amir Temur va Jaloliddin Manguberdining harbiy hayotiga oid sahna ko‘rinishlari, baxshilar tomonidan terma va dostonlar ijro etildi hamda faxriy qorovul shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Musobaqa ishtirokchilari  uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. “Ot ustida estafeta” bahslarining yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari jamoasi, 2-o‘rinni DXX chegara qo‘shinlari jamoasi, 3-o‘rinni Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Mudofaa vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.