Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov rahbarligida viloyatda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash va zaxirasini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar muhokamasi hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan savdo va tayyorlov korxonalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda viloyat hamda shahar-tumanlar hokimliklari mutasaddilari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, bank muassasalari rahbarlari, bozorlar, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari, ta’minot korxonalari boshliqlari, tadbirkorlar ishtirok etishdi. 2022-2023 yillar qish-bahor mavsumida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish, narxlar barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi va mamlakatimizning boshqa hudulari hamda chet davlatlardan mahsulot olib keluvchi tadbirkorlik sub’ektlarini tijorat banklari tomonidan zarur imtiyozli kredit mablag‘i bilan qo‘llab-quvvatlash holati, shuningdek, asosiy turdagi oziq-ovqat zaxirasini yaratish bo‘yicha shahar va tumanlar kesimida hamda tegishli boshqarmalar tomonidan prognoz rejalarning bajarilishi tahlil qilindi.

Ishlarni qoniqarsiz yo‘lga qo‘ygan, prognoz rejalarning bajarilishi bo‘yicha ortda qolayotgan Qiziriq, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlari va Termiz shahri hokimliklari hamda viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi mas’ullarining bu boradagi ishlari qattiq tanqid qilindi.

Yig‘ilish yakunida zahira qilinadigan har bir mahsulot ta’minoti yuzasidan tegishli hokimliklar, tashkilot, idora va korxonalar mutasaddilariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, o‘z navbatida tizimli kuzatuv va nazorat ishlarini olib borilishi bo‘yicha ogohlantirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.