Zargarlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarning takliflari tinglandi

Davlat rahbari huzurida joriy yil 7 noyabr kuni o‘tkazilgan mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida zargarlik sohasini rivojlantirish masalasi ham muhokama qilinib, qator vazifa va topshiriqlar belgilab berilgan edi. Shuningdek, ushbu yig‘ilishda zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun joriy yil 1 dekabrdan boshlab bir qator qulaylik va imtiyozlar berilishi ta’kidlangan.

Bugun Termiz shahridagi “Zargarlik markazi"da viloyat hokimi To‘ra Bobolov hamda Respublika Markaziy bank Raisining o‘rinbosari Bobir Abubakirov zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning sohani rivojlantirish borasidagi taklif va muammolari tinglanib, ularga yaratilayotgan qulayliklar, faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun joriy qilinayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida viloyatda zargarlikni rivojlantirish va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1 dekabrdan boshlab zargarlikda, oltin va kumushni kechiktirib to‘lash bo‘yicha kafolotlarni qabul qilish (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham), oltin, kumush va zargarlik uchun zarur xom ashyolarni qayta ishlash bo‘yicha vaqtincha olib kirish va olib chiqishda litsenziya talabini bekor qilish, qimmatbaho va bezak toshlarini bojxona to‘lovidan ozod qilish hamda boshqa turdagi yengilliklar joriy qilinadi. Shuningdek, 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.