Oltinsoyga tashrif: Qishloq xo‘jaligi tadbirlari, yangi loyihalar va korxonalar faoliyati bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki manzilida “Paxtakor” hududida joylashgan “Shirin EJYU” fermer xo‘jaligining paxta dalasida g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish, yagonalash va chopiqlash ishlarining borishi bilan tanishildi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilar axborot berishdi. Viloyat rahbari mexanizator va suvchilarning mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida sovg‘alar topshirdi.

Shundan so‘ng, qariyb 800 mln so‘mlik grand mablag‘lari hisobiga bunyod etilgan Innovatsion o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi. Markazda 11 ta yo‘nalish bo‘yicha tinglovchilarga til va kasb-hunar o‘rgatiladi. Viloyat rahbari o‘quv markazi faoliyatini kengaytirish, maktab va mahallalarda ham filiallar tashkil etish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Keyingi manzilda viloyat rahbari 2 010 gektar lalmi-yaylov maydonida “Rizo Nur eksport” MChJ tomonidan zamonaviy naslchilik kompleksi, yomg‘irlatib sug‘orish tizimi va sutni qayta ishlash loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Ish o‘rinlarining to‘liq yaratilishi, yangi yer maydonlarini foydalanishga kiritish topshirildi.

Tumanga tashrif davomida mahalla “yettiligi” faoliyati bilan ham tanishilib, ularning axborotlari tinglandi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.