Onlayn qabul: Shahar va tumanlar studiyalari orqali 585 nafar fuqaroning murojaati tinglandi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish samaradorligini oshirish, ularning uzoq yo‘l bosib, sarson bo‘lishlarini oldini olish maqsadida shahar va tumanlar studiyalari orqali navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.

Viloyat rahbari Boysun tumani hokimligi studiyasi orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish yoki qurish uchun subsidiya olish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlari mas’ullar ishtirokida tinglandi.

Qabul davomida qator murojaatlarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar yuzasidan sohalar va tarmoqlar hamda hududlar rahbarlariga aniq muddatlar bilan ijroga yo‘naltirildi.

Viloyat rahbari har bir murojaat shaxsan nazoratida bo‘lishini ta’kidladi va mutasaddilarga yo‘naltirilgan murojaatlarni mas’uliyat bilan o‘rganib, hal etish choralarini ko‘rish topshirig‘ini berdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.