Surxondaryo delegatsiyasi Vengriyada: Tashrifning birinchi kunida 37 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamiz Vengriya davlatida bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kunida Vengriyaning qator kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra Vengriya kompaniyalari bilan Surxondaryoda baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 million yevroga teng bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi va tegishli hujjatlar imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kuniga mo‘ljallangan dasturga asosan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chongrad-Chanad viloyati Prezidenti Laslo Salgo o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi va Chongrad-Chanad viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik qilish kelishuviga ham erishildi.

Tashrif O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, 7-9-aprel kunlari davom etadi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.