Surxondaryoda mahalla tizimi xodimlari sharaflandi

O‘zini o‘zi boshqarishning samarali tizimi bo‘lgan bu idoraning nufuzini oshirish, uni chinakam xalq vijdoniga aylantirish, huquq va vakolatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash borasida keyingi yillarda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb belgilanishi ham ushbu tizimga qaratilayotgan e’tiborning bir ifodasidir.

Bugun sana munosabati bilan viloyat hokimligida mahalla tizimida faoliyat yuritayogan fidoyi, o‘z kasbining chinakam mehnatkashlari, ilg‘orlari bo‘lgan vohaliklar ishtirokida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan surxondaryolik 3 nafar mahalla tizimi xodimlariga medall va ordenlar hamda 15 nafar tizim xodimlariga "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqan mahalla tizimi xodimlari, ularning faoliyatiga berilayotgan e’tibor, kamtarona mehnatining yuksak darajada qadrlanayotganliginidan mamnunligini ta’kidlashib, davlatimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.