Tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda soliq tushumlarini oshirish masalalari muhokama qilindi

Aholi farovonligining oshishi ish o‘rinlarining yaratilishi bilan uzviy bog‘liq. Yangi loyihalarni amalga oshirilishi esa soliq tushumlarining ortishiga, pirovardida ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifi davomida iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishtirokida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va soliq tushumlarini oshirish, yangi zaxiralarni aniqlash va ishga solish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

Unda hududlar va sohalar kesimida ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha belgilab berilgan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati, soliq tushumlarining ta’minlanishi yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Yangi loyiha va imkoniyatlarni ishga solgan holda aholini oilaviy tadbirkorlikka keng jalb qilish, mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, mahallalar “yettiligi” ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, berilgan topshiriqlar asosida namunali mahallalar “yettiligi” tajribasini ommalashtirish topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.