Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning tog‘-kon sanoati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Prezidentimizning joriy yil yanvar oyida Xitoy davlatiga tashrifidan so‘ng ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari kengaygani, kompaniyalar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng imkoniyatlar eshigi ochilgani ta’kidlandi.

Viloyatimiz rahbari Xitoy delegatsiyasi vakillariga vohamizning tog‘-kon sanoati, uran, qurilish materiallari, granit, oqmarmar, ko‘mir, kvars, sement ishlab chiqarishdagi salohiyati, zaxira imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Xitoy tomoni ham ushbu sohalarda o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida yangi loyihalarni ishlab chiqish va birgarlikda amalga oshirish bo‘yicha joriy yil mart oyida ushbu kompaniyalar mutaxassislaridan iborat kengaytirilgan tarkibdagi delegatsiyaning viloyatimizga tashrifini tashkil etish hamda hamkorlik aloqalarining amaliy harakatlarini boshlashga kelishib olindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.