Viloyatda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Davlatimiz rahbari huzurida joriy yil 29 yanvar kuni 2024 yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hamda qurilish sohasida davlat dasturlari doirasida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida o‘tkazilgan muhokamada o‘tgan yilda davlat dasturiga kiritilgan, biroq hozirga qadar foydalanishga topshirilmagan ob’ektlar mavjudligi, “Tashabbusli budjet” loyihasining o‘tgan yilgi ikki mavsumida g‘olib deb topilgan bir qancha ob’ektlarda ishlar yakuniga yetkazilmaganligi tanqid qilindi. Bular ichida ijtimoiy soha ob’ektlari ham borligi qayd etildi.

Shuningdek, topshiriqqa asosan 2024 yil 1 iyuldan yo‘l, ichimlik suvi va ko‘prik qurilishi loyihalarida “hajm usuli”ga o‘tilishi, bu borada soha mas’ullari haligacha ishlarni tizimli tashkil etmayotganligi ta’kidlandi.

Viloyat rahbari Termiz shahrida bir qancha yer maydonlari turli qurilish loyihalari, uy-joylar qurilishi amalga oshirilishi talabi bilan ajratilganligi, biroq ushbu yer maydonlarining ayrimlarida ishlar boshlanib, yillar davomida o‘z holiga tashlab qo‘yilganligini, ba’zilari esa tashlandiq holatga kelib qolganligini qayd etdi. Mutasaddilarga ushbu yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, qaror talablarida belgilangan muddatda qurilish ishlari amalga oshirilmaganligi natijasida aholiga noqulayliklar tug‘dirayotganlarga nisbatan sudga davo arizasi kiritish topshirig‘i berildi.

Kelgusida zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini zamonaviy shaharsozlik normalari asosida amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqib, salohiyatli tadbirkorlarga taklif etish vazifasi yuklandi.

Yig‘ilishda Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, ta’mirtalab holatga kelib qolgan 148 ta uy-joylarni joriy yilda ta’mirlash dasturi, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishi, transport sohasidagi ishlar ham muhokama qilindi. Har bir soha va yo‘nalish bo‘yicha mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axborotlari tinglandi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.