Xushxabar: Surxondaryo viloyatining 2 ta tumani pillakorlari shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi

Kecha, 16 may kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Qumqo‘rg‘on tumanlari pillakorlari respublikada birinchilardan bo‘lib shartnoma majburiyatlarini ortig‘i bilan bajardilar. Qabul punktlariga ushbu tumanlardan jami 355 tonnadan  ortiq “kumush tola” yetkazib berildi.

Pillakorlari serhosil, iqlim sharoitiga mos, kasalliklarga chidamli mahalliy navlardan 6 ming 227 quti ipak qurti parvarishlab, har qutidan o‘rtacha 56-57 kilogrammdan hosil oldi.

Viloyatda qabul punktlariga pilla hosilini topshirish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16 may holatiga ko‘ra Surxondaryo viloyatida qabul punktlariga 1 ming 832 tonnadan ortiq pilla topshirdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.