AT Xalq banki Surxondaryo viloyat filialiga yangi rahbar tayinlandi

Tursunov Toshtemir Xazratkulovich aksiyadorlik-tijorat Xalq bankining viloyat filiali boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

U 1984 yilda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Samarqand davlat me’morchilik va qurilish instituti, 2012 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - investitsiyalarni moliyalashtirish, menejment.

T.Tursunov mehnat faoliyati davomida AT Xalq banki Sariosiyo filialida mas’ul vazifalarda hamda Surxondaryo viloyat filiali boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar AT Xalq banki Davlat va hududiy dasturlar bilan ishlash departamenti Davlat dasturlari monitoringi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari  vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.