To‘ra Bobolovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyati hokimligida xususiy sektor vakillarini o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli” o‘tkazildi.

Qabulda viloyatimiz shahar va tumanlaridan 31 nafar tadbirkor o‘zini qiynayotgan masalalar bo‘yicha viloyat hokimi To‘ra Bobolovga murojaat qildi. Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish, qurilishga ruxsat berish va boshqa masalalar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Qabul davomida tadbirkorlardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi. Barcha murojaatlarning ijrosi viloyat hokimi tomonidan nazoratga olindi.

Boysun tumanining Machay qishlog‘ida yashayman. Qishlog‘imiz olis hududda joylashganligi uchun ish o‘rinlari yetishmaydi. O‘zim gilam to‘qish bilan shug‘ullanaman. Uch nafar qishloqdoshlarimga ham ushbu hunarni o‘rgatib, ularni ish bilan ta’minlaganman. Faoliyatimni kengaytirish uchun ikki yarim yildan beri kredit so‘rab Agrobankka qilgan murojaatlarim hal etilmadim. Bugun viloyat hokimining qabuliga kelib, muammoyim hal bo‘ldi. Tadbirkorlar homiyligida 15 mln so‘m pul berildi. Juda xursandman, buning uchun Prezidentimizga ming rahmat. Chekka qishloq ayollarini ishli bo‘lishi uchun ko‘mak berishyapti. Bildirilgan bu ishonchni albatta oqlayman. Ko‘proq ish o‘rinlari yarataman – deydi qabulga kelgan murojaatchilardan biri Gulbahor Boltayeva.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.