«Hokim yordamchilari»ning oylik maoshi miqdori qancha?

Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilangan:

xonadonlar soni 500 tagacha boʼlgan mahallada mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida – hozirda 4 mln. 932 ming soʼm;

xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʼlgan mahallada mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida – hozirda 5 mln. 343 ming soʼm.

xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʼlgan mahallada mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida – hozirda 5 mln. 754 ming soʼm.

Hokim yordamchilariga toʼlanadigan oʼrtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi boʼyicha oʼrtacha oylik ish haqi miqdoridan kam boʼlgan taqdirda yetishmagan qismi Hokim yordamchilari faoliyatini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi hisobidan kompensatsiya qilib boriladi

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.