Surxondaryoda «Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida piyoda yurish marafoni boʼlib oʼtdi

Prezidentning aholi oʼrtasida sportning ommaviyligini taʼminlash va sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish boʼyicha bergan topshiriqlariga asosan, viloyat markazi - Termiz shahrida bugun erta tongdan «Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil qilindi.

Marafonda davlat va jamoat tashkilotlari vakilari, Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari, nuroniy oqsoqollar, onaxonlar va keksalar, yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda toʼrt mingga yaqin ishtirokchi qamrab olindi.

https://t.me/axborot_xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.