Jarqo‘rg‘onda oilalar bilan uchrashuv, Qumqo‘rg‘onda yoshlar va turizm ko‘chasining ochilishi o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidan keyin hududlarga tashrifini Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlarida davom ettirdi. Dastlab, Jarqo‘rg‘on tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘tkazilgan muloqot davomida oilalarning maishiy va ijtimoiy muammolari o‘rganildi. O‘tkazilgan tushuntirish ishlari hamda muammolarga yechim topilishi natijasida ayrim oialarni yarashtirishga erishildi. Mutasaddilarga qolgan oilalar bilan ham manzilli ishlab, masalalarini chuqur o‘rgangan holda hal etish hamda yarashtirish choralarini ko‘rish vazifalari topshirildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumanida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Vatanparvarlar bog‘i” loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Mutasaddilarga bog‘ hududida yoshlarni harbiy-Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladigan vositalarni joylashtirish, kutubxona, hordiq chiqarish hamda yoshlarbop ko‘ngilochar maskanlar bo‘lishini inobatga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Tanlab olingan joyda qurilish ishlarini boshlashga start berildi.

Viloyat rahbari tumanda yangidan namunali loyiha asosida barpo etilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasining ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Aholi, ayniqsa, yoshlarning sevimli joyiga aylanadigan mazkur ko‘chada hordiq maskanlari, umumiy ovqatlanish nuqtalari, turli attraksionlar, kutubxona va ma’naviyat xonalari tashkil etilgan. Tadbirda nuroniylar, tuman faollari hamda yoshlar ham ishtirok etishdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.