Uchta tumanda turar joylar hamda ko‘prik qurilishi bilan tanishildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Termiz, Angor va Sherobod tumanlarida bo‘lib, turar joylar qurilishi, jumladan, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Aholining turar joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, munosib turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur loyihalarda ishlar belgilangan grafik asosida tashkil etilmayotganligi tanqid qilindi. Mutasaddilarga ishlarni jadallashtirish, shaharsozlik qurilish normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, loyihalarning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini ta’minlash vazifalari yuklandi.
Sherobod tumanida, shuningdek, Abu Iso Muhammad At-Termiziy majmuasi hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzortirish hamda tuman hududidan o‘tuvchi 4R-103 "Sherobod sh-Surxon temir yo‘l stansiyasi" avtoyo‘lining Sherobod daryosi ustidan o‘tuvchi qismida joylashgan ko‘prikni rekonstruksiya qilish obyektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan ham tanishildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz