Qorayontoq mahallasi kambag‘allikdan xoli hududga aylantiriladi

Davlatimiz Rahbari huzurida joriy yil 11-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda bu borada Surxondaryo tajribasini yaratish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani Qorayontoq mahallasida tizimli ishlar olib borilayotganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur mahallada bo‘lib, biriktirilgan mutasaddilarning oilalar bilan olib borayotgan ishlari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash tadbirlarining borishi bilan tanishdi.

Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tanlab olingan 25 ta xonadonda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Berilgan topshiriqlar ijrosida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan tashriflarda berilgan vazifalar, belgilab olingan chora-tadbirlarga asosan kambag‘allikni qisqartirish ishlarini jadallashtirish, mahallani kambg‘allikdan xoli hududga aylantirish vazifalari topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.