Novosibirsk delegatsiyasi “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ faoliyati bilan tanishdi

Kecha Surxondaryoga amaliy tashrifini boshlagan Novosibirsk gubernatori Andrey Travnikov bugun viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJning neft qazib chiqarish, qayta ishlash va neft mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksi faoliyati bilan tanishdi.

Yillik ishlab chiqarish quvvati 250 ming tonnani tashkil etuvchi kompleks o‘z faoliyatini 2004-yilda boshlagan bo‘lib, hozirda 1,5 mingdan ortiq xodimlar mehnat qiladi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra komlpeks tarkibidagi kon va quduqlarning neft zaxirasi 5 mln tonnani, gaz zaxirasi 17 mlrd kub metrni tashkil etadi.

“PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ rahbari kompleks faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot bilan tanishtirdi. Shuningdek, Novosibirsk gubernatori o‘rinbosari, sanoat, savdo va tadbirkorlikni rivojlantirish vaziri hamda sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ham taqdimot davomida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari va istiqbollari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Shundan so‘ng, ikki hudud rahbarlari kompleks faoliyati bilan tanishib, kelgusida neft va gaz sanoati yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish tashabbusini bildirishdi.

Ma’lumot uchun, Surxondaryo delegatsiyasining joriy yil 15-19-iyul kunlari Chelyabinsk va Novosibirsk viloyatlariga tashrifi davomida “PETROMARUZ UZBEKISTAN” MChJ bilan hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.