Termiz shahridagi bugungi oʼrganish ishlari “Bogʼzor”, “Maʼrifat” va “Doʼstlik” mahallalarida olib borildi. Ushbu mahallalarda dasturga muvofiq 5,1 km yoʼllarni asfaltlash, 1,5 km qismida beton qoplama yotqizish, qariyb 4 km piyodalar yoʼlagi barpo etish, 4,1 km ichimlik va oqova suv tarmogʼini tortish, mahalla binosi va koʼp qavatli turar-joylarni taʼmirlash, fasad qismini boʼyash, bolalar va “Workout” maydonchalarini tashkil etish belgilangan.

Hozirgi kunda 2,4 km asfalt, 1,1 km beton qoplama yotqizish, 3,8 km piyodalar yoʼlagi qurish, 1,9 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilgan. Koʼp qavatli turar-joylarning tom qismini taʼmirlash, fasadini boʼyash, bolalar va “Workout” maydonchalarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Аmalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov masʼullarga qator vazifalarni belgilab berdi. Xususan, dasturga kiritilmagan mahalla binosi va koʼp qavatli turar-joylarning fasad qismini boʼyash, tom qismini taʼmirlash, “Bogʼzor” mahallasidagi kutubxonaga konditsioner oʼrnatish, hududlarni obodonlashtirish, gullar ekish, ichki yoʼllarni taʼmirlash, qoʼshimcha beton yoʼlaklar qurish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish topshiriqlari berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.