Yangi Oʼzbekiston – yoshlar mamlakati festivali boʼlib oʼtdi

Termiz shahridagi "Bolajon" bogʼida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʼzbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik yoshlar festivali oʼtkazildi. Festivalda Termiz va Xayraobod garnizoni harbiy qismlari, "Vatanparvar" tashkilotining viloyati kengashi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Harbiy orkestor kuy sadolari ostida boshlangan festival harbiylarning qoʼl jangi, faxriy qorovul saflari kabi koʼrgazmali chiqishlari hamda ona Vatanni, tinchlik va mardlikni tarrannum etuvchi kuy-qoʼshiqlar bilan bayramona ruhda davom etdi.

Tadbirda soʼz olganlar Oʼzbekiston yoshlar uchun keng imkoniyatlar mamlakati ekanligi, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish lozimligi xususida soʼzlab, barcha yoshlarni oylik doirasida oʼtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlashdi.

“Yoshlar oyligi” doirasida tashkil oʼtkazilayotgan bu kabi festivallar viloyatimiz hududlari boʼylab davom etadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.