Markaziy bankning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Hokimlik yangiliklari / 2023-05-22
Xo‘jaqulov Oybek Rayimberdiyevich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 1984 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 2006 yil Termiz davlat universiteti, 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – moliya, bank ishi.
O.Xo‘jaqulov mehnat faoliyati davomida bank tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar 2021 yildan Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Interaktiv xizmatlari
Barcha xizmatlar
>
So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?
Foydali manzillar
Bog'lanish
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz
Menyu
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.