Muhsin Hisomiddinov 4 karra, Mohinur Mo‘minova 3 karra jahon chempioni bo‘ldi

Hindistonning Maxarashtra shtati Puna shahrida bo‘lib o‘tayotgan Kurash bo‘yicha 13-jahon chempionatining so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida +100 kg vazn toifasi final bahsida yurtimiz sharafini surxondaryolik kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibi, qit’a va jahon chempioni Muhsin Hisomiddinov munosib himoya qilib jahon chempionligini qo‘lga kiritdi va to‘rtinchi bor jahon chempioni bo‘ldi.

Shuningdek, yana bir vohadoshimiz, amaldagi jahon chempioni Mohinur Mo‘minova 48 kg vazn toifasida barcha raqiblari mag‘lub etib, 3 karra jahon chempioni bo‘ldi.

Sportchilarimiz va ularning yaqinlarini hamda barcha yurtdoshlarimizni ushbu zafarli g‘alabalar bilan muborakbod etamiz.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.