Sayyor qabullar kunning ikkinchi yarmida Qumqo‘rg‘on tumanida davom etdi

Unda ishtirok etgan 80 nafar fuqaroning ijtimoiy ta’minot, uy-joy ta’miri, davolanish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, yo‘l qurilishi va boshqa bir qator masalalardagi 102 ta murojaati tinglandi.

Murojaatlarni viloyat Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmurodov, viloyat hokimining o‘rinbosari Z.Xidirova va Qumqo‘rg‘on tumani hokimi A.Normamatovlar qabul qilishdi.

Qabul qilingan murojaatlarning 14 tasiga shu yerning o‘zida ijobiy yechim topildi. Jumladan, sayyor qabulga “Azlarsoy” mahallasidan kelgan yolg‘iz ona Shoxsanam Ashurova qaramog‘ida nogiron farzandi borligini, “Ayollar daftari”ning 6 toifasida turishini, hozirgi kunda Termiz davlat universiteti 2-bosqichida kontrakt asosida o‘qiyotganligini bildirib, kontrakt to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam so‘radi. Mas’ullar ushbu fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilishini va kontrakt puli to‘lab berilishini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, “Chayontepa” mahallasida yashovchi Sohibjamol Omonqulovaning uy-joy ta’miri masalasidagi murojaati ham o‘zining ijobiy yechimini topib, unga uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari ajratib berilishi belgilandi.

Kelib tushgan murojaatlarning 88 tasi qo‘shimcha o‘rganib chiqish va qonuniy murojaatlarni ijobiy hal etish muddatlari belgilanib, mas’ullarga yo‘naltirildi. Ijroga yo‘naltirilgan murojaatlar nazoratga olindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.