Xalq deputatlari viloyat Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi boshlandi

Ayni damda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilmoqda.

Sessiya ishida o‘n oltita masala ko‘rib chiqilishi belgilangan. Sessiyaning kun tartibi hamda ish reglamenti bilan tanishish uchun quyidagi havolaga kiring.

Sessiya ishini Kengash raisi, viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bormoqda. Shuningdek, sessiyada Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqalash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov ishtirok etmoqda.

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan dastlabki masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonunining ijrosi yuzasidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ullarining hisobotlari eshitilmoqda.

Sessiya ishini viloyat hokimligi matbuot xizmatining You Tube kanali hamda viloyat televideniesining jonli efiri orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.

Jonli efirni kuzatib borish uchun quyidagi havolaga kiring:

Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini jonli efirda kuzatib boring va izohlarda o‘z fikringizni qoldiring!

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.