Janubda hokimlar, rahbarlar va yoshlar ishtirokidagi yig‘in davom etmoqda

Avval xabar berilganidek, Termiz tumanida joylashgan Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarufidagi Termiz umumqo‘shin dala poligonida Surxondaryo viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati, hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari shuningdek, hududlardan 100 dan oshiq "Yoshlar daftari"ga kiritilgan hamda "Temir daftar"da turgan oilalar farzandlari ishtirokidagi o‘quv yig‘inlari davom etmoqda.

O‘quv nuqtalarida ishtirokchilar zamonaviy texnikalar, qurol-yaroqlar, aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport hamda otish tayyorgarliklaridan o‘tib, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi. Shu bilan birga operativ, safarbarlik, axloqiy-ruxiy, taktik tayyorgarlikdan o‘tish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar bo‘lishdi.

Yig‘in ishtirokchilari qurollarni to‘liq qismdan noto‘liq qismga ajratish va yig‘ish, qurollardan belginlangan nishonga o‘q otish va boshqa turli mashqlarni bajarish ko‘ikmalarini oshirishdi.

Shuningdek, yig‘in doirasida ishtirokchilar o‘rtasida turli sport musobaqalari hamda bo‘sh vaqtlarida madaniy hordiq olishlari uchun madaniy tadbirlar ham tashkil etildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.