Surxondaryo viloyatida yashil hududlar tashkil etish ishlari davom etmoqda

Yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” olib borilmoqda. Viloyatda “Dolzarb 40 kunlik” davomida 6 mln 5 ming dona kuzgi daraxt va buta ko‘chatlari ekish reja qilingan. Viloyatning har bir hududida, mahallalarda, tashkilot va korxonalarda, xususan aholi xonadonlarda ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.

Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sariosiyo tumanida “Tabiatni yashil makonga aylantiramiz” shiori ostida ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Prezident ta’lim muassasalari agentligi viloyati hududiy bo‘limi rahbar-xodimlari, Sariosiyo tumani hokimligi vakillari hamda maktab internat jamoasi ishtirok etishdi.

Aksiya doirasida 80 sotixli maydonda 100 tup yasin, 100 tup go‘zal kapatiya, 200 tup seren, 300 tup qora archa daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekilgan ko‘chatlarni kelgusida parvarish qilish vazifasi maktab internatining mas’ullariga yuklatildi.

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan ko‘chat ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik”da har bir vohadoshimizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.