Muhofaza etiladigan hududlarda chorva mollari boqish, ov qilish, daraxt kesish va hududga ruxsatsiz kirish javobgarlikka sabab bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 martdagi “O‘rmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 93-sonli qaroriga asosan Sariosiyo tumanida “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i tashkil etildi.

“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘iga “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligining “Tamshush” va “Zevar” bo‘limlariga qarashli “Kunday juvoz”, “Ustochi beob”, “Mizot”, “Zanbek”, “Zinchob”, “Kishtut”, “Tamarxud”, “Zevar” hududlaridan jami 27 ming 851 gektar yer maydoni o‘tkazib berildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunga asosan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i va uning atrofidagi muhofaza etiladigan hududlarida chorva mollari boqish, ov qilish, daraxt kesish va hududga ruxsatsiz kirish taqiqlanadi.

Yuqorida qayd etilgan qonun buzilish holatlarini sodir etgan jismoniy va yuridik shahslarga qonunda belgilangan tartibdi javobgarlik choralari qo‘llanilishini ma’lum qilamiz.

“Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i ma’muriyati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.