“Uch avlod uchrashuvi” tadbiri to‘kin dasturxon atrofida davom etdi

Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan uch avlod uchrashuvlari doirasida “Fayz” tantanalar saroyida nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari va yoshlar uchun bayram dasturxoni va miliy liboslar hamda urf-odatlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar namoyishi tashkil etildi.

Tadbirda viloyat Xalq qabulxonasi rahbari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari hamda shahar va tumanlar hokimlari ishtirok etishib, yoshlarga o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishdi.

Islohotlar rivoji, taraqqiyot sur’ati avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq ezgu rishtalarni mustahkamlash bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur tadbirda ham Surxondaryo viloyatidagi davlat va jamoat arboblari, barcha tarmoqlarda mehnat qilayotgan turli millat vakillari, o‘z sohasida katta yutuqlarga erishgan yoshlar bir safda jamlandi. Ularning xizmatlari e’tirof etildi.

El-yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgan uch avlod vakillaridan bir guruhi viloyat hokimligining faxriy yorliqlari hamda sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.