Surxondaryoda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi

Surxondaryoda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi

Termiz Kargo markazida YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi,  Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorligida viloyatda inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish dasturi boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Anjumanda loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan barcha tashkilot vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

 Aytish kerakki, loyiha 2023 yilning yakuniga qadar davom etadi. Loyiha doirasida mahallalardagi bolalar, yoshlar, oilalar uchun ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsad qilingan. Shu maqsadda Yevropa Ittifoqi tomonidan 1 mln. 600 ming yevro ajratilgan bo‘lib, taxminan 35000 kishini qamrab olish rejalashtirilgan. Ijtimoiy xizmat xodimlarining salohiyatini kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’lumot uchun, YUNISEF faoliyatida dunyo bolalarining huquq va farovonligi ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Ushbu majburiyatni amaliy harakatlarga aylantirish uchun jahonning 190 mamlakati va hududlarida faoliyat olib boradi. Bu bilan ijtimoiy jihatdan yakkalab qo‘yilgan, alohida etibor va yordamga muhtoj bolalarning manfaatlarini ilgari suradi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.