To‘ra Bobolovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

To‘ra Bobolovning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, bugun Termiz shahridagi "Imom At-Termiziy" ilmiy tadqiqot markazining majlislar zalida viloyat hokimi To‘ra Bobolovning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov

Samimiy muloqot hamda ishchanlik ruhida o‘tgan mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi 110 dan ziyod tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolari hamda tadbikorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari bilan ishtirok etishdi.

Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 60 dan ziyod muammolar hamda 44 ta takliflar kelib tushdi.

- Denov tumanida "Qurbonali Tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyatimiz tomonidan bugungi kunda 120 nafar fuqarolarga ish o‘rinlarini tashkil qilganmiz, - dedi MCHJ rahbari Qurbonali Kazakov. - Bizga lider tadbirkor sifatida “Ipoteka-bank” ATIB viloyat filialidan 2 mlrd. so‘m kredit mablag‘i ajratilishi kerak edi. Tijorat banki tomonidan 800 mln. so‘m ajratib berilgan. Viloyat hokimidan qolgan 1,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘ini ajratishda amaliy yordam so‘radim. Mas’ullardan shu yerning o‘zida izoh so‘rab, muammoyimni ijobiy hal etib berdilar.

Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov

Muammoli masalalarning 20 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlarga mas’ullar belgilanib, aniq topshiriqlar berildi.

Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.