Сурхондарё вилояти ҳокимлиги
«Бойсун баҳори» халқаро фольклор фестивали Қувайт матбуотида

«Бойсун баҳори» халқаро фольклор фестивали Қувайт матбуотида

 

Quvaytning «Q8-Press» gazetasi O‘zbekistonda o‘tkaziladigan «Boysun bahori» milliy an’analar va folklor festivaliga bag‘ishlab maqola chop etdi.

«7-8 may kunlari Boysun tumanining tog‘li Padang qishlog‘ida tabiatning yangilanishi, milliy an’analar va folklorga bag‘ishlangan «Boysun bahori» xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, – deb yozadi nashr. – Ayni paytda mamlakat madaniyat ishlari vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar birgalikda festivalga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda».

Maqolada Boysun tumanidagi festival chuqur ma’noga ega ekani, Boysun madaniy maydoni 2001 yilda YUNESKO tomonidan “Insoniyat og‘zaki va nomoddiy merosi durdonasi” sifatida Reprezentativ ro‘yxatga kiritilgani ta’kidlangan.

Chuqur ildizli an’analar, urf-odatlar va o‘lmas qadriyatlarni o‘ziga mujassam etgan ushbu noyob festivalda milliy kurash musobaqalari, etnosport, velomarafon, uloq-ko‘pkari, varrak uchirish, chillak va boshqa xalq o‘yinlariga katta o‘rin berilishi alohida qayd etilgan.

«Festival yakunida folklor-etnografik guruhlar, sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari munosib taqdirlanadi», – deb yozgan «Q8-Press».

O‘zA

Изоҳ қолдириш

Сўровнома
Сурхондарё вилояти ҳокимлиг фаолиятини қандай бахолайсиз ?

Боғланиш
Сайт Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ҳузуридаги, Ахборот коммуникация технологияларини ривожлантириш маркази мутахассислари томонидан яратилган.